RAVON NUTQ - SIZ UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHADI!

O'ziga ishonchi yo'q, nutqi ravon bo'lmagan, omma oldida kuchli hayajonini hamda qo'rquvini yenga olmagan inson fikrlarini aniq va tushunarli qilib yetkaza olmaydi. Bu esa yutuqlarga erishishida katta to'siq bo'ladi. Sizda ham shu kabi to'siqlar bormi? Qo'rqmang, bunga bizda yechim bor. Siz uchun "NUTQ MARAFONI"ni boshladik!

MARAFON KIMLAR UCHUN?

Shaxsiy rivojlanish

O'z nutqini mustaqil rivojlantirmoqchi bo'lgan, internet platformasida mahoratli bloger bo'lishni reja qilganlar, ravon nutqi yordamida o'z g'oyalarini katta maydonlarda taqdim etmoqchi bo'lgan kuchli shaxslar, ommani ortidan ergashtirmoqchi bo'lgan kelajak notiqlari

O'qituvchi va pedagoglar

Dars jarayonlarini ta'sirli, kreativ hamda esda qolarli qilib tashkil etishni maqsad qilgan ammo, bu maqsadga erisholmayotgan, ushbu muammoga yechim izlayotgan ta'lim fidoyilari - o'qituvchi va pedogoglar

Teleradiokanallar

Tele va radiokanallarda boshlovchi bo'lishni orzu qilgan shijoatli yoshlar, o'z ijodlari bilan tele va radio olamda birinchi bo'lishni maqsad qilgan ijodkorlar

Ommaviy tadbirlar

Davlat tadbirlari, ommaviy tomoshalar, konsert dasturlarida boshlovchi bo'lishni reja qilgan bo'lajak yulduzlar

Farzand tarbiyasi

Farzandini ravon gapirishini, boshqa bolalar kabi chiroyli nutqi bilan maktabda liderlar qatoridan joy olishini, kelajakda ota-onasiga g'amxo'r farzand bo'lishini xohlovchi ota-onalar hamda o'z bolalariga namuna bo'lishni maqsad qilgan ota va onalar

Davlat xizmati

Davlat tashkilotlarida o'z o'rniga ega bo'lish istagida bo'lgan, ravon nutq orqali yuqori martabalarga erishishni xohlovchi lider va rahbarlar, davlat xizmatchilari

MARAFONDA NIMALARGA ERISHASIZ?

Marafon mashg'ulotlari orqali Siz - eng avvalo jamoamiz a'zosiga aylanish imkoniyatini qo'lga kiritasiz!

“Zo‘r TV” telekanalidagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, teleboshlovchilik sirlarini o‘rganish, jonli efir mas'uliyati, Sirojiddin O‘sarov bilan bevosita muloqot, hayajon va qo‘rquvni yengish, ravon nutqga erishish ko‘nikmalarni egallash imkoniga ega bo‘lasiz.

Teleradiokanallarda faoliyat yuritish

Teleradiokanallarda ishlash va Sirojiddin O'sarov ijodiy jamoasining a'zosiga aylanish, shaxsiy loyihalarini yaratish, muharrir va muxbir sifatida faoliyat olib borish

Ommaviy tadbirlar

Ommaviy va davlat tadbirlarida, konsert dasturlarida boshlovchilik qilish bo'yicha tajriba oshirish

Shaxsiy rivojlanish

Mustaqil tarzda blog yuritish va Sirojiddin O'sarovning internet tarmoqlaridagi loyihalarida faoliyat yuritish

Farzand tarbiyasi

O'zingiz va farzandlaringiz talaffuzini to'g'irlash bo'yicha Sirojiddin O'sarovdan doimiy maslahatlar va samarali mashg'ulotlar olish

Davlat xizmatida

Omma oldida taqdimotlar o'tkazishda hayajon va qo'rquvni yengish, har bir chiqishni esda qolarli qilish bo'yicha amaliy mashqlar

Ustoz-shogird 

Qobiliyatingizni namoyon etib Sirojiddin O'sarovga shogird tushish imkoniyatini qo'lga kiritish, soha bo'yicha doimiy maslahatlar

MARAFON DASTURI

Asosiy mashg'ulotlar haqida

01

KIRISH

Notiqlik mahorati nima uchun kerak?

02

TALAFFUZNI RIVOJLANTIRISH

Bu darsda Siz nutq apparatlarini to'laqonli ishlatish mashqlarini o'rganasiz

03

NAFASNI SOZLASH

Nafas olish texnikasini o'rganish orqali ovozingiz jozibasini oshirasiz

04

HAYAJONNI YENGISH

Natijador mashqlar orqali sahna qo'rquvini yengib, erkin nutq so'zlash ko'nikmalarini shakllantirasiz

05

AUDITORIYA BILAN ISHLASH

Auditoriyani tahlil qilish va ularni ortingizdan ergashtirish ko'nikmalarini rivojlantirish

06

TA'SIRLI NUTQ SIRLARI

Nutq strukturasi. Mazmunli va qiziqarli nutq yaratish usullari

07

BADIIY MATN

- Hikoya o'qish texnikasi

- She'r o'qish siri

08

INFORMATSION MATN

Televideniye va radioda xabar o'qish ko'nikmasi

09

KAMERA QARSHISIDA ISHLASH

Kamera oldida hayajonni yengish va jozibali ko'rinish usullari

10

XULOSA

Erishilgan natijalar va ular ustida doimiy ishlash ko'nikmalari

Maktabimiz bitiruvchilari biz haqimizda...

- To’gʻrisini aytsam men o’zbek tilida qiynalib gapirar edim. Soham jurnalistika bo’lgani uchun o’zbek tilida ravon va to’g’ri gapirish menga juda ham kerak edi. "Sirojiddin O’sarov maktabi"dagi 2 oylik ta’limdan keyin nutqimda, talaffuzimda ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. Undan tashqari sohamga oid bilimlarim oshishi bilan bir qatorda "Zo’r TV" telekanalida ishlashdek muvaffaqiyatga ega bo'ldim.

Gulbahor Xusanova

“Sirojiddin O‘sarov maktabi” menga notiqlik mahoratimni oshirishda, shuningdek, shaxsiy hayotimda ham, kasbiy faoliyatimga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Maktabdagi amaliy va nazariy mashg‘ulotlar muloqot qobiliyatimni sezilarli darajada oshirdi. Bu mahorat Oliy Majlis Senatida hamda ommaviy axborot vositalaridagi ish faoliyatimda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Asadbek Muhammadaliyev

- Men omma oldida nutq qilishdan, biror mavzu doirasida aniq fikr va mulohazalarimni ochiqlashdan tortinar edim. Ijtimoiy sohada faoliyat yuritar ekanman, mendagi bu jihat eng katta kamchilik edi. "Sirojiddin O‘sarov maktabi" mendagi bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun yaxshigina imkoniyatlarni bera oldi. Yoshlar siyosati, umuman siyosiy olamda o‘z fikringizni baralla, ishonch bilan ayta olmasangiz o‘z o‘rningizni topishingizning koeffisienti 0 ga teng bo'ladi.

Husnora Ahadova​​​​​​​​

Kasbim jihatdan pedogogman. Ammo jurnalistik qiziqish meni notiqlik sari yetakladi. Hayotga ikki kasb nuqtayi nazaridan baho berishni men, aynan Sirojiddin O’sarovdan o'rgandim. Notiqlikning nozik sirlari, jurnalist aslida kim? Mana shu kabi savollarga "Sirojiddin O'sarov maktabi" tom ma’noda javob berishni o’rgatdi. Hozirda ham pedagog, ham jurnalist sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.

Quvonch Xolto'rayev

SIROJIDDIN O'SAROV HAQIDA​​​​

11 yillik tajribaga ega jurnalist va suxandon. Teleko'rsatuvlar, internet tarmoqlaridagi loyihalar, hujjatli filmlar muallifi va boshlovchisi. "Sirojiddin O'sarov maktabi" asoschisi 

TV VA RADIO
FAOLIYAT

"Zo'r TV", "Mahalla","Toshkent","Yoshlar" telekanallari hamda "O'zbekiston" radiokanallarida boshlovchi, loyiha rahbari

OMMAVIY VA DAVLAT TADBIRLARI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri, Oliy Majlis Senati Raisi ishtirokidagi tadbirlar, Kongress-xoll, Xalqlar do'stligi san'at saroyi, Turkiston saroyi

MUALLIFLIK 
LOYIHALARI

Telekanallarda: "Voqea joyi", "Bu kun", "Jinoyat izi", "O'zimizda" 

Internet tarmoqlarida: "Protokol"      

Hujjatli film: "Islomga bag'ishlangan umr"

NOTIQLIK 
MAKTABI

"Sirojiddin O'sarov maktabi" asoschisi, 20 dan ortiq seminar-treninglar, 1000 nafarga yaqin o'quvchilar, tinglovchilar 

Marafonda ishtirok eting

Dastlabki qadamni tashlashdan qo'rqmang!

250.000

SO'M

A'zolik muddati - cheksiz

YOPIQ GURUH

Eng ko'p beriladigan savollar:

Shogird olasizmi?

Ha. Lekin, shogird tushish istagida bo'lganlardan soha bo'yicha boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish, kuchli ishtiyoq va xohish bo'lishi talab etiladi. Ushbu ko'nikmalarning borligini mazkur MARAFONIMIZ orqali aniqlab olamiz.

QANDAY QILIB TELEradioKANALlarDA ISHLASAM BO'LADI?

Teleradiokanallarda ishlash uchun avvalo o'z mahoratingiz va iqtidoringizni ko'rsata oladigan maydonga chiqishingiz kerak. Mutaxassislarga nimaga qodir ekanligingizni ko'rsatibgina teleradiokanallarda ishlash imkoniyatini qo'lga kiritishingiz mumkin. Bu borada ushbu MARAFON sizga yordam beradi.

Oflayn darslar ham bo'ladimi?

Avvalroq oflayn darslar tashkil etganmiz ammo, ayrim o'quvchilar buning qadriga yetmagan. Ayrimlarining boshlang'ich bilim va ko'nikmasi, tushunchasi bo'lmagan. Vaqtimiz zoye ketgan holati ham bo'ldi. Bizda eng tig'iz narsa bu - vaqt! Shu sababli endi oflayn darslarimizga bizni boshlang'ich mashg'ulotlarimizdan o'tganlarnigina jalb qilamiz.

Kamera oldidagi qo'rquv va hayajonni yengish uchun qanday mashqlar qilsam bo'ladi?

Kamera oldidagi qo'rquv va hayajonni birdan yo'qotib bo'lmaydi. Buning uchun aniq mashq va harakatlarni bajarish zarur. Bizning MARAFONimizda ushbu masalaga ham alohida e'tibor qaratiladi.

BOG'LANISH UCHUN:

+998 90 325 20 40

Работает на Creatium